Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi

  • 2026-01-14
  • 5512
Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi
Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi

Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparat yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun soat 08:40 da tabiiy fanlar fakultetida xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarning ishga kelib-ketish holati xodimlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida fakultetda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va professor-o‘qituvchilarning belgilangan ish jadvaliga qat’iy amal qilayotgani, ish intizomi talablariga rioya etib, o‘z ish joylarida xizmat vazifalarini bajarayotgani aniqlandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post