- 2026-01-15
- 5509
Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi
Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparat yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun soat 08:50 va 09:00 da "Registrator ofisi" va axborot resurs markazi xodimlarining ishga kelib-ketish holati xodimlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida har ikkala bo‘limda ham ishga kech qolib kelgan xodimlar aniqlanib, mazkur holat yuzasidan bo‘lim boshliqlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
