Samarqand davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari shaffof va adolatli o‘tkazilmoqda

  • 2026-01-15
  • 5662

Ayni kunlarda institut talabalari va magistrantlari uchun yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmoqda. Imtihon jarayonlari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Noryigit Musulmonov hamda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodovlar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, imtihonlar va apellyatsiya komissiyasi faoliyati ovozli kuzatuv kameralari bilan jihozlangan katta sig‘imli auditoriyalarda tashkil etilgan.

Agar yakuniy nazorat imtihonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, anonim tarzda xabar qoldirish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:

📞 +998 88 878 96 78, +998 94 913 72 32, +998 95 324 24 19

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post