Xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  • 2026-01-15
  • 5724
Xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Qozog‘iston Respublikasining Samarqand shahridagi Bosh konsuli Sharipov Talgat Sagyntaevichni qabul qildi.

Uchrashuv davomida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik mobillikni kuchaytirish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post