Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi

  • 2026-01-16
  • 5722
Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi
Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi

Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida bo‘lib o‘tgan institut ishchi apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun soat 08:40 dan 16:00 ga qadar ijtimoiy fanlar hamda pedagogika fakultetlari, shuningdek, fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ishga kelib-ketish holatlari xodimlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida fakultet va kafedralarda ishga belgilangan vaqtdan kech kelgan professor-o‘qituvchilar aniqlanib, ushbu holatlar yuzasidan tegishli dekanlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post