SamDPIda aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish – faol davom etmoqda!

  • 2026-01-17
  • 5908
SamDPIda aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish – faol davom etmoqda!
SamDPIda aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish – faol davom etmoqda!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar!

2026-yil 15–31-yanvar kunlari O‘zbekistonda yurtimiz taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim jarayon — onlayn ro‘yxatga olish o‘tkazilmoqda. Bu jarayon har bir fuqaroning ishtiroki bilan yanada aniq, zamonaviy va samarali statistik ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qiladi.

💻 Qanday ishtirok etiladi?

➡️OneID orqali identifikatsiyadan o‘ting

➡️census.stat.uz saytida savolnomani onlayn to‘ldiring

Samarqand davlat pedagogika institutida ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida Registrator ofisida ofis menejerlari tomonidan talabalar va xodimlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tishda zarur amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

➡️ Sizning ishtirokingiz kelajak rivoji uchun juda muhim!

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post