- 2026-01-21
- 5972
Tillar hamda ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun diniy radikallashuvning kelib chiqishi, oqibatlari va oldini olishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida “Diniy radikallashuvning kelib chiqishi, oqibatlari va uni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda institut birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov hamda rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyevlar ishtirok etdi.
Seminarda diniy mutaassiblik va radikallashuvning kelib chiqish omillari, ularning talabalarga ta’siri hamda oldini olish bo‘yicha profilaktik yondashuvlar muhokama qilindi. Shuningdek, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yot g‘oyalarga qarshi ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
