- 2026-01-23
- 5702
Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi
Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida bo‘lib o‘tgan institut ishchi apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun soat 09:00 da aniq va amaliy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining ishga kelib-ketish holatlari xodimlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida fakultetda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va professor-o‘qituvchilarning belgilangan ish jadvaliga qat’iy amal qilayotgani, ish intizomi talablariga rioya etib, o‘z ish joylarida xizmat vazifalarini bajarayotgani aniqlandi.





Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
