- 2026-01-23
- 5993
Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Jarayon davomida talabalarning turar joylari ko‘zdan kechirilib, xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi, qulaylik darajasi hamda o‘qish uchun yaratilgan sharoitlar alohida o‘rganildi.
Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar olib borilib, ularning dars mashg‘ulotlariga tayyorgarligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
