- 2026-01-24
- 5716
“Korrupsiyaning ijtimoiy xavfi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Samarqand davlat pedagogika institutining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodov hamda institutning xotin qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori Hulkar Muhammadiyevalar tomonidan tabiiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari uchun “Korrupsiyaning ijtimoiy xavfi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, jamiyat rivojiga salbiy ta’siri hamda unga qarshi kurashish mexanizmlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya etishning ahamiyati ta’kidlandi.
Korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir talabaning mas’uliyati muhim ekani qayd etildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
