- 2026-01-24
- 5704
O‘quv dasturlarini xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha tajriba almashildi
PF–73-sonli Prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida bugun Samarqand davlat pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov, fizika kafedrasi mudiri Qodir Badalov va kimyo kafedrasi mudiri Jamshid Bobojonovlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida Metodik markaz mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘quv dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish, zamonaviy baholash tizimlarini joriy etish hamda ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
