SamDPI talabalari Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro olimpiadada ishtirok etmoqda

  • 2026-01-27
  • 6024
SamDPI talabalari Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro olimpiadada ishtirok etmoqda
SamDPI talabalari Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro olimpiadada ishtirok etmoqda

Buxoro shahrida “Bukhara International Chemistry Olympiad – 2026 (BICHO-2026)” hamda “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)” xalqaro kimyo va matematika olimpiadalari oʻz ishini boshladi. Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu nufuzli xalqaro olimpiadalar 10 dan ortiq xorijiy davlat vakillarini bir maydonga jamladi.
Xususan, Ozarbayjon, Hindiston, Iordaniya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy va Oʻzbekistondan tashrif buyurgan talabalardan iborat 100 dan ortiq jamoa, jami 500 nafardan ziyod ishtirokchi olimpiada jarayonlarida faol qatnashmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada Samarqand davlat pedagogika institutining matematika ta’lim yoʻnalishi talabalari ham munosib ishtirok etmoqda. Institut jamoasi ishtirokchilariga olimpiadada yuqori natijalar, omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post