Talabalar uchun psixologik trening o‘tkazildi

  • 2026-01-27
  • 5767
Talabalar uchun psixologik trening o‘tkazildi
Talabalar uchun psixologik trening o‘tkazildi

Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti 1-son talabalar turar joyida institut psixologlari Dilafruz Qodirova hamda Hafiza Ro‘ziyevalar tomonidan talaba-yoshlar uchun “Sessiyada stressga o‘rin yo‘q” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Trening davomida talabalarga imtihonlar jarayonida yuzaga keladigan stress holatlarining ijobiy va salbiy jihatlari, stressni boshqarish usullari hamda imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, xotirjamlik va o‘ziga bo‘lgan ishonch bilim va salohiyatni to‘liq namoyon etishga xizmat qilishi, tayyorgarlik mavjud bo‘lgan joyda ishonch va muvaffaqiyat bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post