SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI XALQARO FAN OLIMPIADASIDA MUNOSIB NATIJA QAYD ETDI

  • 2026-01-28
  • 5710
SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI XALQARO FAN OLIMPIADASIDA MUNOSIB NATIJA QAYD ETDI
SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI XALQARO FAN OLIMPIADASIDA MUNOSIB NATIJA QAYD ETDI

Buxoroda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari — “Bukhara International Mathematics Olympiad (BIMO–2026)” hamda “Bukhara International Chemistry Olympiad (BICHO–2026)” doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

🥉 Yakka tartibdagi bahslarda bronza medali sohiblari:

🔘Erali Boyqobilov
🔘Ilyos Shoqosimov
🔘Marjona Xalilova 
🔘Shahlo Hakimova 
🔘Sevinch Rayimova 
🔘Asilbek Boymatov – faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

🏆 Jamoaviy bahslarda esa Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari kubokni qo‘lga kiritib, oliy ta’lim muassasasi sharafini munosib himoya qildilar. G‘olib jamoa a’zolari:

🔘Erali Boyqobilov
🔘Asilbek Boymatov
🔘Ilyos Shoqosimov
🔘Marjona Xalilova 

🌍 Dunyoning 10 dan ortiq davlatidan 500 nafardan ziyod iqtidorli talabalar ishtirok etgan ushbu xalqaro olimpiadalarda qo‘lga kiritilgan natijalar talabalarimizning yuqori bilim saviyasi, puxta tayyorgarligi va xalqaro miqyosda raqobatbardosh ekanini yaqqol namoyon etdi.

Ushbu muvaffaqiyatlar Samarqand davlat pedagogika institutida olib borilayotgan sifatli ta’lim jarayoni, mustahkam ilmiy muhit hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlarning samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

🎉 G‘olib talabalarimizni hamda ularning ustozlarini ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz, kelgusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post