- 2026-01-28
- 5711
STEAM laboratoriyasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi
Pedagogika fakulteti qoshidagi STEAM laboratoriyasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “PISA xalqaro baholash dasturi” mavzusida o‘tkazildi. Tadbir davomida PISA dasturining mazmun-mohiyati, uning ta’lim sifatini baholashdagi o‘rni hamda boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
