- 2026-01-30
- 5432
XALQARO FAN OLIMPIADASI SOVRINDORLARI TANTANALI KUTIB OLINDI
Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari — “Bukhara International Mathematics Olympiad (BIMO–2026)” hamda “Bukhara International Chemistry Olympiad (BICHO–2026)” da munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olgan Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari Samarqand temir yo‘l vokzalida tantanali tarzda kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, institutimiz talabalari yakka tartibdagi bahslarda bronza medalini, jamoaviy bahslarda esa kubokni qo‘lga kiritib, oliy ta’lim muassasamiz sharafini munosib himoya qildilar.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
