SamDPI talabalari “Oʻzbekistondagi qishki volontyorlik dasturi”da faol ishtirok etdi

  • 2026-01-30
  • 5739
SamDPI talabalari “Oʻzbekistondagi qishki volontyorlik dasturi”da faol ishtirok etdi
SamDPI talabalari “Oʻzbekistondagi qishki volontyorlik dasturi”da faol ishtirok etdi

Koreyaning Seul Milliy Universiteti (SNUSR) tomonidan 2026-yilda Samarqand shahrida “Oʻzbekistondagi qishki volontyorlik dasturi” doirasida bir qator ijtimoiy tadbirlar oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda koreys-saram jamoasi bilan ishlashga qaratildi.
Dasturda Samarqand davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti talabalari Amira Mamadaminova va Samira Isabekovalar volontyor sifatida faol ishtirok etishdi.
Mazkur tashabbus Seul Milliy Universiteti va Samarqand davlat pedagogika instituti oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post