- 2026-01-30
- 5677
Ish jadvaliga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida bo‘lib o‘tgan institut ishchi apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun soat 09:00 dan 10:00 ga qadar tillar fakulteti, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda xo‘jalik xodimlarining ishga kelib-ketish holatlari xodimlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida fakultet va kafedralarda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchi va xodimlarning belgilangan ish jadvaliga qat’iy amal qilayotgani, ish intizomi talablariga rioya etib, o‘z ish joylarida xizmat vazifalarini bajarayotgani aniqlandi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
