SamDPI talabasi Marjona Nurulloyeva Sofia European Open 2026 sovrindori

  • 2026-02-01
  • 5991
SamDPI talabasi Marjona Nurulloyeva Sofia European Open 2026 sovrindori
SamDPI talabasi Marjona Nurulloyeva Sofia European Open 2026 sovrindori

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha 2026 yilgi mavsumning ilk IJF musobaqasi - Sofia European Open bo‘lib o‘tmoqda.
Unda dunyoning 5 qit’asi 39 davlatidan jami 385 (237 erkak, 148 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar yo‘lida bahslarga kirishdi.
Quvonarlisi, musobaqaning ilk kuni terma jamoamizning -63 kg vazn toifasidagi a’zosi Marjona Nurulloyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. U saralash bellashuvlarida Xorvatiya va Bolgariya dzyudochilarini mag‘lubiyatga uchratdi. Murosasiz kechgan yarim final bahsida yaponiyalik Honoka Kimuraga imkoniyatni boy bergan Nurulloyeva bronza medali uchun kechgan bellashuvda fransiyalik Klara Ventslerdan ustun keldi.
Shu tariqa, Marjona Nurulloyeva O‘zbekiston terma jamoasiga 2026 yil hisobidan ilk medalni taqdim etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post