- 2026-02-02
- 5378
Psixologiya kafedrasida navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar o‘tkazildi.
Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Jo‘rabek Tursunov “Talabalar o‘quv motivatsiyasini oshirishda qadriyatlardan foydalanishning psixologik xususiyatlari” mavzusida olib borilgan ilmiy ishlar yuzasidan ma’ruza qildi.
Mazkur seminarda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shodiyor Sultonov, psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlar ishtirok etdilar.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
