Magistrantlar bilan grant taqsimoti va stajirovka tartibi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

  • 2026-02-02
  • 5399
Magistrantlar bilan grant taqsimoti va stajirovka tartibi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Magistrantlar bilan grant taqsimoti va stajirovka tartibi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti magistrantlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori hamda “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mazkur qaror va nizomning asosiy jihatlari, ularning amaliy ahamiyati, grantlarni taqdim etish hamda qayta taqsimlash mexanizmlari atroflicha izohlandi. Magistrantlarga hujjatlarda belgilangan talablar va imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, 1-bosqich magistrantlarining o‘quv rejasiga muvofiq fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan stajirovka (ilmiy-amaliyot) jarayoni, uning maqsadi, tartibi va tashkiliy masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post