• Kirish

3-mart – Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni

  • 2024-03-02
  • 2218
3-mart – Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni

     Ushbu sana munosabati bilan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari kimyo va biologoya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14-maktabda tadbir tashkil etdi.

     Fakultet dekani Noryigit Musulmonov uchrashuvni kirish soʻzi bilan ochib, yovvoyi tabiatni asrash yoʻlida yurtimizda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berdi. 

     Biologiya va geografiya kafedrasi katta oʻqituvchisi M.Mamadiyorov (PhD) “Atrof muhit ifloslanishi va uni optimallashtirish”, assistent Sh.Xoʻjamov “Muhofazaga muhtoj yovvoyi tabiat” mavzusida ma’ruza qildi. 

     Shuningdek, oʻquvchi-yoshlar tomonidan “Yovvoyi tabiatga sayohat” koʻrgazmali chiqishlari tashkil etildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING