Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda

  • 2026-02-10
  • 5967
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda

Samarqand shahridagi O‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida voleybol bo'yicha kattalar (erkaklar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga II-tur o‘yinlari) o'tkazilmoqda. Musobaqada ADTI (Andijon), AGMK, IIV Akademiya, Road Patrul, Sug'diyona konchi (Navoiy), BuxDPI (Buxoro), TerDU (Surxondaryo), Uztelecom (Toshkent) va SamDPI (Samarqand) kabi jami 9 ta jamoalar qizg'in va murosasiz o'yinlarni namoyish etishmoqda.
Chempionat bahslari shu yilning 16-fevraliga qadar davom etadi.
Musobaqada Samarqand viloyati sharafini himoya qilayotgan SamDPI jamoamizga ham omad tilaymiz!

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post