Ilm-fanda qizlar: imkoniyat va mas’uliyat

  • 2026-02-10
  • 5619
Ilm-fanda qizlar: imkoniyat va mas’uliyat
Ilm-fanda qizlar: imkoniyat va mas’uliyat

Toshkent shahrida “Ilm-fanda qizlar: imkoniyat va mas’uliyat” mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ilm-fan, innovatsiya va ta’lim sohalarida xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ilmiy faoliyatdagi mas’uliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Nufuzli tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarovlar ishtirok etdi.
Anjumanda Samarqand davlat pedagogika instituti “Qizlarjon” klubi sardori Asila Abduraimova ham faol qatnashdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post