SamDPIda “Quvnoq startlar” sport to‘garagiga START berildi

  • 2026-02-11
  • 6071
SamDPIda “Quvnoq startlar” sport to‘garagiga START berildi
SamDPIda “Quvnoq startlar” sport to‘garagiga START berildi

Samarqand davlat pedagogika institutida “Quvnoq startlar” sport to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur to‘garak institut sport klubi hamda aniq va amaliy fanlar fakulteti tyutorlari va talabalari tashabbusi bilan tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar o‘rtasida jamoaviy sport bellashuvlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonlik, epchillik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bellashuvlar tartibli ravishda, sport qoidalari va tamoyillariga muvofiq tashkil etildi.
To‘garakning asosiy maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat.
“Quvnoq startlar” sport to‘garagi o‘z faoliyatini belgilangan reja asosida muntazam ravishda davom ettiradi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post