- 2026-02-11
- 5795
Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan ishchi apparat yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Institutning moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Zayniddin Jo‘rayev, rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sherzod Rashidovlar tomonidan DXSh va 4-son talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.
O‘rganish jarayonida talabalar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Jumladan: yashash xonalari, oshxona hamda yuvinish xonalari ko‘zdan kechirilib, mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi.
Mazkur o‘rganish ishlari talabalarga qulay va munosib yashash muhitini yaratish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda tizimli nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
