- 2026-02-13
- 5521
Samarqandda zamonaviy o‘quv-yig‘in bazasi tashkil etildi
Samarqand viloyati Sport boshqarmasi, Samarqand davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida Samarqand sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabi negizida milliy va viloyat terma jamoalari uchun zamonaviy o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari bazasi tashkil etildi.
Institutning ilmiy va amaliy imkoniyatlari sportchilarni kompleks tayyorlash jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
