- 2026-02-16
- 5534
Ijtimoiy fanlar fakultetida “Talabalar orasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarining qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Seminar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi immunitetni kuchaytirish hamda huquqiy ong va mas’uliyatni oshirishga qaratildi.
Seminar davomida:
• giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari atroflicha tushuntirildi;
• bunday illatlarning shaxs, oila va jamiyat hayotiga yetkazadigan zarari aniq misollar orqali yoritildi;
• qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ma’lumotlar berildi;
• talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan yoshlarni zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda profilaktik ishlarni tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
