Подробнее
60310300 - Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.
Kunduzgi ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
Bakalavriat o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 240 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim dasturining xajmi 60 kreditni tashkil etadi.
Mazkur yo‘nalish doirasida o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish amalga oshirilishi mumkin. Akademik guruh tanlovi asosidagi traektoriyaga ko‘ra kvalifikatsiya universitet Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
60310300 – Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan Oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
60310300 - Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
60310300-Psixologiya-Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar ta'lim sohasidagi yo'nalish bo'lib, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'limining davlat va nodavlat muassasalarida; ta'limi muassasalarida ta'lim yo'nalishiga oid fanlami o'qitish, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organ1ari, bar xil shaklldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko'rsatish markazlarida psixologik yordam ko'rsatish; O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazida psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish; o'zini o'zi boshqarish organlari, «Oila va gendern ilmiy-tadqiqot institutida; reabilitatsiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat ko'rsatish; Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bo'limlarda, huquqni muhofaza qilish idoralarida psixologik yordam ko'rsatish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi
60310300-"Psixologiya" ta'lim yo'nalishi Kasbiy faoliyatlarining obyektlari.
- maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari:
- umumy o'rta ta'lim va professional ta'lim muassalari o'quvchilari;
- korxona, tashkilot va muassasalarda psixologik yorda ko'rsatish; ta'lim muhitida psixologik tadbirlarni tashkil etish va uni amalga oshirish, wnwniy o'rta ta'lim maktablari va o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari o'qituvchilari, o'quvchilari hamda xodimlari, reabilitatsiya va psixologi.k xizmat markazlari klientlari;
- respublika tashxis markazi testlari va ularni o'tkazishni tashkil etish jarayonlari, psixologik tadqiqot metodikalari;
- sport jamoasi treneri va sportchilari; psixologik xizmat ko'rsatish mijozlari; shaxsiy muammolari bilan murojaat qiladigan patsientlar;
- eksperimental psixologiya laboratoriyasi jihozlarini tashkillashtirish va qo'llash;
- maishiy xizmat ko'rsatishdagi psixologik muammolarni hal etish; mahallalar va fuqarolar;
- aholiga psixologik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish; harbiy va huquqni muhofaza qilish idoralarda psixologik yordam ko'rsatish;
- kadrlarni tanlash va ular faoliyatini psixologik tashkil etish; psixodiagnostik, psixologik maslahat, psixokorreksion, psixoprofilaktik, psixologik ma'rifat tadbirlari va psixologiya ixtisosligi bo'yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari.
60310300 – Psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.
60310300-Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi bo'yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob'ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bolishi lozim:
Maktabgacha, umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyatida:
ta'lim muassasalarida tayyorgarlik yo'nalishida nazarda tutilgan o'quv fanJari bo'yicha nazariy mashg'ulotlarni tashkil etish va o'tkazish;
zamonaviy infonnatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan'anaviy o'quv mashg'ulotlarini ishlab chiqish va o'tkazish;
o'qitilayotgan fanlar bo'yicha darslarni o'tkazish uchun zarur bo'lgan o'quv metodik hu_iiatlami shakllantirish va tuzish;
o'qitilayotgan fan bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazish uchun o'qitishning texnik vositalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
mustaqil ta'lim va ijodiy qidiruv natijasida o'qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi metodlar, vositalar va shakllar jabhalarida o'z-o'zini muntazam takomillashtirib borish;
maktabgacha ta'lim muassasalarida psixologik xizmat, ta'lim va tarbiya jarayonini psixologikjihatdan tashkil etish;
ta'lim sohasida xorijiy ta'Jim tajribalarini joriy etishi lozim; ta'lim muassasasida psixologik xizmatni tashkil etish;
ta'lim muassasasidagi muammoning yechishda psixologik usullardan foydalanish;
o'qituvchilar jamoasi va o'quvchilar guruhlarida psixodiagnostik, psixoproftlaktik, psixokorreksiyalash va psixologik ma'rifat yo'nalishida tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish;
o'qituvchi va o'quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini rivojlantirish bo'yicha maslahatlar berish va tavsiyalar ishlab chiqish;
pedagogik jamoadagi ziddiyatlar, nizolarni bartaraf etish va hamkorlik muhitini sbakllantirish bo'yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo'lislhi kerak.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda psixologik mavzularga oid tadqiqotlarda ishirok etishi;
internet tarmog'ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo'nalgan holda qidirish va topish;
psixologiyaga oid ilmiy to'plamlar, mahalliy va chet el ilmiy tadqiqot yutuqlarini o'rganish;
kasbiy faoliyat ob'ekti yo'nalishiga mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy-tadqiqot loyihalarini o'rganish;
ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda eksperimental tadqiqotlar o'tkazish ulaming natijalariga ishlov berish, baholash va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish;
ilmiy hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqish;
o'tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo'yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referat va bibliografiyalami tuzish;
ilmiy seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar ishida ishtirok etish; ilmiy-amaJiy jurnaJlarga maqolaJar tayyorlash;
ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash; soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirish;
psixologiya fani sohasiga doir ilmiy-tadqiqotlar bo'yicha xorijiy va mahalliy tajribalarni uyg'unlashtirish;
ma'lumotlami jamlaydi,qayta tayyorlaydi, mavzu bo'yicha ilmiy ma'lumotlarni tizimli tahlil qilish;
tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tatbiq etish;.
ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga qo'llash qobiliyatlariga ega bo'lishi kerak.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida:
tashkilot, korxona, muassasa va mahalliy o'z-o'zini boshqarish tashkilotlarining taklif va talablari asosida psixologik ma'rifat tadbirlarini tashkil etish;
mahalliy matbuot, ilmiy-ommabop teleradio eshittirish va ko'rsatuvlarda psixologik materiallar bilan ishtirok etish qobiliyatlariga ega bo'lisli lozim
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtira olishi, uni tashkil etish metodikasini egallash, o‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish;
o‘quvchilarda mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetni yuzaga keltirish metod va texnologiyalarini bilishi;
globallashuv sharoitida kechayotgan jarayonlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ta’siri haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
vazirlik va tashkilotlar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha malaka va tajribaga ega bo‘lish;
mahallalarda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha individual suhbat o‘tkazish;
milliy urf-odat va marosimlarni o‘tkazishda, umuminsoniy qadriyatlar, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni ochib berish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda:
ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
zamonaviy axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
psixologik tadqiqotlari yechimlarini amaliyotga tatbiq etish; ishlab chiqarish jarayonlarida psixologik faoliyatini boshqarish; fikrlar har xil bo'lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish; korxonalar ishini tashkil qilish va uni boshqarish;
bajarayotgan faoliyati bo'yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash;
ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong'in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish qobillyatlariga ega bo'lishi kerak