Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Osh davlat universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama memorandum imzolandi.

  • 2026-02-28
  • 5504

Uchrashuv davomida universitet rektori Qudayberdi Kojobekov ta’lim sifatini oshirish, akademik mobillikni kengaytirish, ko‘p tilli ta’limni rivojlantirish hamda xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar.
Imzolangan memorandum doirasida institut va universitet talabalari uchun 1+1 formatidagi magistratura ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bakalavriat bosqichida 2+2 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post