- 2026-03-02
- 5497
Qo‘qon universitetida Prezident tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha Hay’at yig‘ilishi oʻtkazildi
Ayni paytda Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga bag‘ishlangan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda respublikadagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, jumladan Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ham qatnashmoqda.
Mehmonlar universitet infratuzilmasi, zamonaviy oʻquv binolari, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida taʼlim jarayonini raqamlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida atroflicha maʼlumot berildi.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
