- 2026-10-14
- 14
“4+2” TARTIBIDAGI MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONI O‘RGANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-289-son qarori hamda PF-73-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida Samarqand davlat pedagogika institutida talabalarning malakaviy pedagogik amaliyotini samarali tashkil etish, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish va amaliyot bazalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda institut tomonidan 95 ta tashkilot va korxona bilan amaliyot o‘tash bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Ularning 78 tasi umumta’lim maktablari, 10 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 3 tasi akademik litseylar, 2 tasi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, 1 tasi ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda 1 tasi ixtisoslashtirilgan san’at maktabidir.
“4+2” tartibi doirasida mazkur amaliyot bazalarida jami 3 372 nafar talaba, jumladan, 1 863 nafar 3-bosqich va 1 509 nafar 4-bosqich talabasi malakaviy pedagogik amaliyot o‘tamoqda. Shuningdek, ushbu tartib doirasida 807 nafar talaba mehnat faoliyati bilan band.
Mazkur jarayonning tashkil etilishi va amaliyot o‘tash uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida institut rektori Shahzoda Negmatova Samarqand shahridagi 4- va 7-sonli umumta’lim maktablarida bo‘ldi. O‘rganish davomida 3–4-bosqich talabalarining amaliyot jarayoni, ularning nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda mustahkamlashi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari hamda amaliyot rahbarlari bilan hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.
Malakaviy pedagogik amaliyotning samarali tashkil etilishi fakultetlar, kafedralar, Talabalar amaliyoti bo‘limi hamda amaliyot bazalari o‘rtasidagi hamkorlikning izchil yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq. Shu bois amaliyot jarayonini tizimli muvofiqlashtirish, talabalar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash va ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi.








