- 2026-03-03
- 5499
Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Osh davlat universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Osh davlat universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya institutimizga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida akademik mobillikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 1+1 va 2+2 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishdilar.






Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
