Samarqand davlat pedagogika instituti va Zaozhuang universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • 2026-03-12
  • 5494

Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Xitoyning Shandun provinsiyasida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Zaozhuang universiteti vakillari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati va tegishli bo‘lim mas’ullari qatnashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida professor-o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda madaniy almashinuvni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, sport, san’at, musiqa kabi yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post