SamDPIda “Rektor va sportchi talaba-yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

  • 2026-03-12
  • 5502
SamDPIda “Rektor va sportchi talaba-yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
SamDPIda “Rektor va sportchi talaba-yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika institutida sport bilan faol shug‘ullanayotgan talaba-yoshlar ishtirokida “Rektor va sportchi talaba-yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida institut rektori Shahzoda Negmatova ishtirokchilarni “Yoshlar kuni” bilan qutlab, mamlakatimizda yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash hamda sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, sportchi talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shu bilan birga, bitiruvchi bosqich talabalari uchun faoliyat yuritayotgan Karyera markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi hamda 4+2 amaliyoti doirasida fikr almashildi. Talabalarga murojaat va takliflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rektor murojaat botiga yuborish imkoniyati mavjudligi eslatildi.
Uchrashuv davomida institut hayotiga oid yana bir yangilik e’lon qilinib, ijtimoiy fanlar fakulteti negizida voleybol hamda kurash sport turlarini qayta tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yilayotgani ma’lum qilindi.
Muloqot jarayonida sportchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarini ochiq bayon etishdi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ul bo‘linmalarga aniq topshiriqlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post