- 2026-03-24
- 5878
Samarqand davlat pedagogika instituti tillar fakulteti dekani Iroda Utayeva AQShning Salt Lake City shahrida joylashgan Yuta universitetida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida ishtirok etmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya universitetning ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyati hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, ta’lim yo‘nalishlari va innovatsion yondashuvlar o‘rganildi.
Mazkur tashrif oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.





Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
