- 2026-03-26
- 5524
Shahzoda Negmatovaning anjuman ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi
Konferensiya avvalida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatovaning anjuman ishtirokchilari hamda mehmonlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda oliy ta’lim sifatini oshirish, uni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, raqobatbardosh va kreativ fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
Tabrik so‘ngida anjuman ishtirokchilariga samimiy minnatdorchilik bildirilib, konferensiya ishiga ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
