- 2026-03-26
- 6873
Murodqosim Abdiyev: turkiy tillarda ijtimoiy-siyosiy terminlar qiyosiy tahlili dolzarb mavzu sifatida taqdim etildi
Samarqand davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan “Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish: dolzarb tendensiyalar va strategiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Murodqosim Abdiyev “Turkiy tillarda ijtimoiy-siyosiy terminlarni qiyosiy tadqiq etish — davr talabi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada turkiy tillarda ijtimoiy va siyosiy atamalarni qiyosiy tahlil qilishning ahamiyati, ularning shakllanish jarayonlari va zamonaviy kontekstda ilmiy tadqiqotlar uchun muhimligi haqida so‘z yuritildi.


Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
