- 2026-03-28
- 5539
Toshkent shahrida “Innovatsiya va ilm-fandagi ayollar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Transport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro forum ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xotin-qizlarning o‘rni va faolligini yanada oshirishga qaratildi.
Forum doirasida ayollarning STEAM yo‘nalishlaridagi yetakchiligini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va joriy etish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, innovatsion ekotizimlarda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur forumda Samarqand davlat pedagogika instituti boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Nafisa Xujamkulova ham ishtirok etdi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
