- 2026-03-31
- 5894
Сегодня, 31 марта, в Самаркандском государственном педагогическом институте под руководством ректора института, профессора Шахзоды Негматовой, состоялось очередное рабочее аппаратное совещание.
Yig‘ilish avvalida o‘tgan majlisda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan prorektorlar hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, institutda davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun tashkil etilgan tayyorlov kurslari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati, startap loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, talabalarning to‘lov-kontrakt masalalari, 4+2 amaliyotining muntazam nazoratga olinganligi, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda institutda mavjud onlayn platformalarning ishlash jarayonlari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbar xodimlarga aniq topshiriqlar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida yangi hafta davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.





Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
