- 2026-04-13
- 140
Samarqand davlat pedagogika institutida haftaning har dushanba kuni sport kuni etib belgilandi.
Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
Dushanba — sport kuni munosabati bilan bugun Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi institut rektori, professor Shahzoda Negmatova boshchiligida Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida “5000 qadam” yurish aksiyasini o‘tkazdi.
“Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam” shiori ostida tashkil etilgan ushbu aksiyada institutning 500 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.
Institut jamoasi ko‘tarinki ruhda “Boqiy shahar” majmuasi kirish qismida jamlanib, birgalikda besh ming qadam yo‘l bosdi.
Marafon davomida ishtirokchilar ertalabki badantarbiya mashqlarini ham bajardilar.
Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etadi, balki jamoa a’zolari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish hamda ijobiy kayfiyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









