- 2026-04-21
- 1530
Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Tambov davlat universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida xalqaro akademik almashinuv ishlari izchil davom etmoqda.
Mazkur hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida institutning tasviriy san’at va texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Xamza Jurayev hamda “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich talabalari Rossiyada stajirovka o‘tamoqda. Stajirovka jarayonida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘zlashtirib, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida raqamli texnologiyalar asosida ishlash, ijodiy loyihalar yaratish hamda xalqaro ta’lim muhitida faoliyat yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda. Shuningdek, ular Tambov davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilayotgan mahorat darslari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, ilmiy hamda ijodiy tajriba almashish imkoniga ega. ➡️ Mazkur xalqaro stajirovka dasturi talaba-yoshlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda global ta’lim makonida o‘z o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.



