- 2026-04-24
- 1264
Zamonaviy psixologiyaning dolzarb muammolari va ularning yechimlari
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Anjumanni institut rektori, professor Shahzoda Negmatova ochib berib, konferensiya mavzusining dolzarbligi hamda ilmiy-amaliy ahamiyatini alohida ta’kidladi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi. ➡️ Mazkur anjumanda “Zamonaviy psixologiyaning dolzarb muammolari va ularning yechimlari” mavzusi doirasida xorijiy olimlar, respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, akademiklar, yetakchi ilmiy xodimlar hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdilar. ➡️ Anjuman doirasida bir qator xorijiy olimlar dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari bilan onlayn va oflayn shakllarda qatnashib, zamonaviy psixologiya fanining muhim masalalari yuzasidan o‘z ilmiy qarash va takliflarini bildirdilar.









