- 2026-04-28
- 1205
“Yurak diplomatiyasi” III xalqaro konferensiyasida SamDPI vakillari faol ishtirok etmoqda
Joriy yilning 27–29-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yurak diplomatiyasi” III xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur konferensiya Baskerville Institute tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida, shuningdek O‘zbekiston va Utah shtatidagi qator akademik hamda madaniy muassasalar bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Konferensiya “Til, adabiyot va huquq — madaniyatlararo muloqot hamda tinchlikni mustahkamlash vositasi sifatida” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda olimlar, amaliyotchilar va yosh yetakchilar ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida mazmunli fikr almashish, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda amaliy tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro konferensiyada Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda.
