Samarqand davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

  • 2026-04-28
  • 3001
Samarqand davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Mazkur tadbir Samarqand viloyati hokimligining viloyatdagi maktab bitiruvchilari uchun Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari reja-jadvali asosida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. ➡️ Unda viloyatdagi umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari hamda institut akademik litseyi bitiruvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov tomonidan oliygohdagi bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv sharoitlari, onlayn auditoriyalar, sport zali, Axborot-resurs markazi, faollar zali hamda talabalar turar joylari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir doirasida abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasasiga qabul jarayonlari, o‘qishga kirish tartibi, asosiy talablar va baholash mezonlari haqida tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Share This Post