- 2026-04-29
- 1103
Samarqand davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Samarqand viloyati hokimligining viloyatdagi maktab bitiruvchilari uchun Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari reja-jadvali asosida, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda Samarqand shahar 64-maktabi hamda viloyatdagi Narpay tumani umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida institut rahbariyati vakillari tomonidan oliygohdagi bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv sharoitlari, onlayn auditoriyalar, sport zali, Axborot-resurs markazi, faollar zali hamda talabalar turar joylari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir doirasida abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasasiga qabul jarayonlari, o‘qishga kirish tartibi, asosiy talablar va baholash mezonlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.







