II Xalqaro yozgi maktab – 2026: «Samarqand: madaniyatlar, ma’rifat va ta’lim uyg‘unligi»

  • 2026-05-02
  • 1117
II Xalqaro yozgi maktab – 2026: «Samarqand: madaniyatlar, ma’rifat va ta’lim uyg‘unligi»
II Xalqaro yozgi maktab – 2026: «Samarqand: madaniyatlar, ma’rifat va ta’lim uyg‘unligi»

Samarqand davlat pedagogika institutida II Xalqaro yozgi maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sohasida tajriba almashish hamda turli mamlakatlar o‘rtasida ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. ➡️ Tadbirni institut rektori Shahzoda Negmatova kirish so‘zi bilan ochib, yozgi maktabning maqsad va ahamiyati, shuningdek, ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga yuksak madaniy ruhiyat bag‘ishladi. Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ispaniya kabi davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tadbir xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Share This Post