- 2024-04-16
- 3251
Ispaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi
Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ispaniya Fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi xalqarolashtirish agentligi direktori Alfonso Gentile boshchiligidagi Ispaniyaning nufuzli 12 ta universitetlari hamda yurtimizdagi OTMlar vakillari ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ilmiy-ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Akbar Safarov, xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Mahmud Jumayev ham qatnashib, oliy ta’lim muasassalarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv dasturlari doirasida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning bilim va malakasini oshirish kabi amaliy ishlarni tatbiq etish masalalarini muhokama qildi.
Delegatsiyaning O’zbekistondagi rejali tashrifi doirasida muzokaralar davom etmoqda.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati