• Kirish

Indoneziya va Malayziya universitetlari bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

  • 2024-04-24
  • 3329
Indoneziya va Malayziya universitetlari bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

     O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Komil Kuliyev hamda amaliy matematika va fizika fakulteti professor-o'qituvchilari hamda  Malayziyaning Perlis universiteti professorlari Anuar Mat Safar va Salina Asi, Indoneziyaning Muhammadiya Sematera Utara universiteti professorlari Muhammad Fitra Zambek va Khairunnisalar ishtirokida ta'lim jarayonlarida o'zaro hamkorlik qilish masalalari yuzasidan onlayn muloqot bo'lib o'tdi. 

     Unda aniq fanlar sohasida ilmiy-tadqiqot va izlanishlarda o'zaro tajriba almashish, hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etish, talabalar uchun onlayn mahorat darslari tashkil etish kabi masalalar yuzasidan o'zaro fikrlar almashildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING