• Kirish

Nijniy Novgorod universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  • 2024-05-16
  • 1625
Nijniy Novgorod universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Mahmud Jumayev Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod davlat pedagogika universiteti  xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Liliya Yerushkina bilan onlayn uchrashuv o'tkazdi.

O'zaro muloqot davomida institutimiz professor-o'qituvchilarini Nijniy Novgorod davlat pedagogika universitetiga stajirovkaga yuborish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, stajirovka dasturi, yo'riqnomalari haqida batafsil ma'lumot berildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING